Joriy yilning 3-dekabr sanasida Ozarbayjonning Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining kartografiya idoralari Ishchi guruhining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2025-12-04 16:10:00 / Yangiliklar

Kun tartibidan:
TDT Kartografiya instituti rahbarlari 1-yig‘ilishida kelishilgan ishlarning amalga oshirish holati;
A’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlarning kartografiya sohasidagi faoliyati va yutuqlari;
Sohaga doir tashabbuslar muhokama qilindi.
Agentlik mas'ullari yig'ilishda “O‘zbekiston geodeziya va kartografiyasining buguni va istiqboli” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etildi. Xususan, kartografiya va fazoviy ma’lumotlar yo‘nalishini rivojlantirish yo‘lidagi xalqaro loyihalari bilan tanishtirildi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston tomonidan:
- Sohaga sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha yosh kadrlar uchun malaka oshirish treninglari amalga oshirish;- Idoralarning geodeziya va kartografiya sohasidagi eng yaxshi amaliyotlar bo‘yicha fikr va tajriba olish tashabbuslari ilgari surildi.


