Kadastr raqami nimani anglatadi?
2025-12-01 12:00:00 / Yangiliklar

Kadastr raqami — bu ko‘chmas mulk obyektining yagona identifikatsiya kodi bo‘lib, u orqali obyektning joylashuvi, turi va tarkibiy tuzilmasi aniq belgilanadi. Har bir raqam ma’lum ma’noni anglatadi va mulkning kadastr tizimidagi “manzili” sifatida xizmat qiladi.
Kadastr raqami quyidagi tuzilishga ega:
АА : ВВ : СС : DD : ЕЕ : FFFF : GGGG : HHH
Ularning ma’nosi:
- АА — viloyat raqami
- ВВ — tuman yoki shahar kod raqami
- СС — kadastr zonasi raqami
- DD — kadastr massivi raqami
- ЕЕ — kadastr mavzesi raqami
- FFFF — yer uchastkasi raqami
- GGGG — bino yoki inshoot raqami
- HHH — bino yoki inshootning bir qismi raqami
Bu nima uchun muhim?
Kadastr raqami — ko‘chmas mulkning rasmiy tizimdagi “shaxsiy identifikatori”. Mulkka oid hujjatlar, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari, bitimlar va texnik ma’lumotlarning barchasi aynan shu raqam orqali yuritiladi.
Muhim eslatma:
Yer uchastkasiga yoki bino-inshootga egalik huquqi boshqa shaxsga o‘tganda yoki huquq turi o‘zgarganda, mazkur mulkning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi. U bir xil bo‘lib qoladi.
