Kadastr agentligining Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2025-yilning 10 oyi davomida:
2025-11-19 15:20:00 / Yangiliklar

52 619 ta holatda, jami 4 400,6 gektar yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarliklarning:
37 174 tasi (2 093,3 gektar)
ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.
13 468 ta (1 924,0 gektar) holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi.
Shundan 1 782 ta (224,9 gektar) da’vo qanoatlantirildi.
Jinoyat alomatlari bo‘lgan 1 625 ta (604,5 gektar) holatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi.
10 843 ta holatda, jami 19 477,5 gektar yer maydonida maqsadsiz foydalanish aniqlandi.
Hokimliklarga 10 831 ta (19 475,4 gektar) taqdimnoma, sudlarga 12 ta (2,1 gektar) da’vo arizasi kiritildi.
Natijada:
Hokimliklar orqali 10 434 ta (19 190,6 gektar) yer, Sud qarorlari asosida 6 ta (1,9 gektar) yer maydoni zaxiraga qaytarildi.
O'tkir Safarov - Kadastr agentligi yer nazorati boʻlimi boshligʻi


