“Yangi O‘zbekistonning oltin fondi” mavzusida yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar – yoshlar yetakchilari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
2025-11-13 16:35:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan mazkur muloqotda vazirlik va idoralarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchilari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat organlari tizimida yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Kadastr agentligi tizimidan yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul Ne’matjon Atamuratov ishtirok etib, agentlikda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, kasbiy rivojlanish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.




