Jizzax shahar Ittifoq mahallasi hududida joylashgan terapiya va bolalar bo‘limi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi
2024-11-11 10:20:00 / Yangiliklar
Ochilish tadbirida shahar hokimi K.Xolmurodov, tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Komil Xolmurodov o‘z so‘zida “Yangi O‘zbekistonni qurishda barcha soha va tarmoqlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilish masalasi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Tibbiyot sohasiga qaratayotgan eʼtiborlari va bevosita saʼy-harakatlari tufayli yurtimizda xalqaro talab va andozalarga mos tizim yaratildi va bu borada ishlar jadallik bilan olib borilmoqda” deya taʼkidlab o‘tdi.
Aytib o‘tish joizki, foydalanishga topshirilgan terapiya va bolalar bo‘limi zamon talablariga mos, jahon standartlari asosida qurilgan bo‘lib, fuqarolar uchun barcha qulayliklarga ega.