Tadbirkorlarga gaz boʻyicha hisoblangan asossiz 3,7 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ qayta hisob-kitob qilindi
2024-11-08 09:05:00 / Yangiliklar
Raqobat qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jizzax viloyatida togʻ-kon hamda avtomobillarga yonilgʻi quyish faoliyatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari HUDUDGAZTAʻMINOT AJ va uning HUDUDGAZ JIZZAX gaz taʼminoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi boʻlib, qoʻmitaning hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan.
Mazkur murojaatlar yuzasidan qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, asossiz hisoblangan 3,7 mlrd soʻmga yaqin qarzdorlik HUDUDGAZTAʻMINOT AJning maxsus elektron dasturida hisobdan chiqarilishi taʼminlanib, tadbirkorlarning huquqiy manfaatlari himoya qilindi.