Jalaquduq tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyat va bayramona ruhda o‘tkazildi.
2026-05-25 08:00:00 / Yangiliklar
Jalaquduq tumani hokimi
H. Latipov 4-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov tomonidan Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Ushbu ezgu tilaklar yig‘ilganlar tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Shundan so‘ng tuman hokimi H. Latipov bitiruvchi yoshlarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va ezgu maqsadlar tiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, joriy yilda Jalaquduq tumanida 2371 nafar bitiruvchi maktabni tamomlamoqda. Ularning 725 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lib, ushbu natijalar asosida bir qismi oliy ta’lim muassasalariga muddatidan avval o‘qishga qabul qilingan.





