To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha OTB bilan hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari belgilandi
2026-10-29 08:55:00 / Yangiliklar

📌 2026-yil 28-oktyabr kuni Adliya vaziri o‘rinbosari — To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyev hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari ishtirokida O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini diagnostik o‘rganish yakunlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuvda diagnostik o‘rganish davomida aniqlangan asosiy masalalar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
📑 Jumladan, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonida xalqaro va xorijiy ekspertlarning xulosa hamda tavsiyalaridan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
🌐 Shuningdek, O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini rivojlantirish bo‘yicha OTB bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni aniq belgilab olish maqsadida qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📌 Mazkur reja doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshiriladigan tadbirlar va tegishli muddatlarni belgilash nazarda tutilmoqda.
🤝 Uchrashuv O‘zbekistonning to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida yanada rivojlantirish borasida OTB bilan amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam bo‘ldi.



