Joriy yilning 27-oktabr kuni “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga sharhning taqdimoti o‘tkazildi
2026-10-27 16:25:00 / Yangiliklar

🤝 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Osiyo taraqqiyot banki hamda Konrad Adenauer jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.
🎙 Taqdimotning ochilish marosimida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori - adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev ishtirok etdi.
📌 Direktor o‘z nutqida to‘lovga qobiliyatsizlik institutining asosiy maqsadi korxonalarni shunchaki tugatish emas, balki ularning faoliyatini imkon qadar saqlab qolish, iqtisodiy hayotni tiklash va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanini ta’kidladi:
💬 “To‘lovga qobiliyatsizlik institutining asl maqsadi — jazolash emas, iqtisodiy hayotni tiklash. Kreditor o‘z mablag‘ini qaytarishi, korxona ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lishi, ishchi esa ish o‘rnini saqlab qolishi kerak.”
🌐 Shuningdek, tadbirda sudyalar, xalqaro ekspertlar, banklar, davlat organlari va soha mutaxassislari ishtirok etib, O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda qonunchilikni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalarini muhokama qilmoqda.
📖 Mazkur sharh kitobi soha mutaxassislari, sudyalar, sud boshqaruvchilari, kreditorlar va tadbirkorlar uchun muhim amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.







