To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda
2026-08-27 18:00:00 / Yangiliklar

✅27-avgust kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Osiyo taraqqiyot bankining Huquq va siyosatni isloh qilish bo‘yicha bosh yuridik maslahatchisi yordamchisi Kristina Pak bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Muloqotda O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan:
🔹 qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va loyihalarni xorijiy ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqish;
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi xodimlari hamda sud boshqaruvchilarining malakasini oshirish, xorijiy davlatlarda o‘quv dasturlarini tashkil etish;
🔹 sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oluvchi Yagona elektron platformani ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.




