📢 Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-05-26 10:45:00 / Yangiliklar

📢 Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🤝 2026-yil 26-may kuni Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari M.Istamov hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari ishtirokida videokonferensiya shaklida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Uchrashuvda Prezidentimizning PF-78-son Farmoni ijrosi doirasida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlar va OTB bilan texnik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
⚖️ Muhokamalar davomida Agentlik faoliyatini rivojlantirish, qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
🌍 Shuningdek, IAIR va INSOL International kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
✅ OTB vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib, hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildilar.



