Aholi va tadbirkorlik subyektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar
Davlat xaridlari boʻyicha eng koʻp kelib tushgan savol-javoblar
|
T/r |
Savol |
Javob |
|
|
1 |
Davlat xaridlari elektron savdolariga ishtirokchilarni kiritish uchun ishtirokchi qaysi mezon talablariga muvofiq boʻlishi kerak ?
|
Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak: shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi; shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik; soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotlar bazalarida ishtirokchining sud qarorlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi; oʻziga nisbatan joriy etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi; Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi. |
|
|
2 |
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reestrini yuritish tartibi qanday? |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan boshlab, yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reestriga (keyingi oʻrinlarda – Reestr) kiritish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keying oʻrinlarda – YAIDXP) orqali qabul qilish tartibi joriy etildi.
|
|
|
3 |
Qanday hollarda Yagona yetkazib beruvchilardan davlat xaridlari amalga oshiriladi? |
Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi quyidagi alohida hollarda amalga oshiriladi: bozorda muqobillari boʻlmagan va faqat yagona yetkazib beruvchidan olish mumkin boʻlgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; madaniy qimmatliklarni olish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yagona yetkazib beruvchi sifatida belgilangan subyektlardan davlat xaridlari; tabiiy monopoliya subyekti tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) davlat xaridi; oʻz vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ishlarga yoki koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmatlarga ehtiyoj paydo boʻlishi. |
|
|
4 |
Davlat xaridlari elektron savdolarida tuzilgan shartnoma boʻyicha tovarni qachon yetkazib berish lozim ?
|
Ijrochi (yetkazib beruvchi) shaxsiy kabinetiga Operator tomonidan shartnoma boʻyicha toʻliq toʻlov toʻlanganligi va ushbu shartnoma boʻyicha tovarni yetkazib berish mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olganidan soʻng, shartnomada belgilangan muddatdan kechiktirmay buyurtmachiga tovarni yetkazib berishi kerak. |
|
|
5 |
Agarda ijrochi (yetkazib beruvchi) shaxsiy kabinetiga shartnoma boʻyicha toʻliq toʻlov toʻlanganligi va ushbu shartnoma boʻyicha tovarni yetkazib berish mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarnoma kelib tushmasdan avval tovar yetkazib berilgan boʻlsa, tovar uchun toʻlov kimning zimmasida boʻladi? |
Ijrochi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) HKKP tomonidan toʻlov amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirmaslik xavfi ijrochining zimmasida boʻladi. Yaʼni, Operator ushbu shartnoma boʻyicha yetkazib berilgan tovar uchun toʻlovni kafolatlamaydi. |
|
|
6 |
Toʻliq toʻlov buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan muddat ichida oʻtkazilmagan taqdirda, uning zakalat puli necha kun ichida ijrochi (yetkazib beruvchi)ga oʻtkazib beriladi? |
Agarda, buyurtmachi shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmagan taqdirda, toʻlov muddati tugaganidan soʻng uch ish kuni mobaynida ijrochining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
|
|
|
7 |
Operatorga yetkazib berilgan tovar uchun toʻlovni oʻtkazish uchun nima asos hisoblanadi ? |
Agar buyurtmachi byudjet buyurtmachisi boʻlsa: Yetkazib berilgan tovar uchun toʻlovni oʻtkazishga asos, byudjet buyurtmachisi tomonidan UzASBO dasturiga kiritilgan va Moliya vazirligi tomonidan Operatorga joʻnatilgan hisob-faktura hisoblanadi. Agar buyurtmachi korporativ buyurtmachi boʻlsa: Yetkazib berilgan tovar uchun toʻlovni oʻtkazishga asos, korporativ buyurtmachi tomonidan shaxsiy kabinet orqali “bajarildi” tugmasini bosish orqali Operatorga kelib tushgan maʼlumot hisoblanadi. |
|
|
8 |
Byudjet buyurtmachisi tovar qabul qilganidan soʻng necha kun ichida hisob-fakturani “byudjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi” (UzASBO dasturi) ga kiritishga majbur? |
Byudjet buyurtmachisi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni, byudjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (UzASBO dasturi) orqali DMBATga kiritishga va yuborishga majbur. |
|
|
9 |
Korporativ buyurtmachisi tovar qabul qilganidan soʻng necha kun ichida tovarni toʻliq hajmda qabul qilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni shaxsiy kabineti orqali Operatorga yuborishga majbur? |
Korporativ buyurtmachi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan keyin uch ish kuni mobaynida Operatorga oʻzining shaxsiy kabineti orqali tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni yuborishga majbur. |
|
|
10 |
Tanlashni oʻtkazishda zakalat miqdori qanday boʻladi? |
Zakalat miqdori tanlashni oʻtkazishda tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan oshmagan holda belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi. |
|
|
11 |
Elektron doʻkonda qanday hollarda qoʻshimcha zakalat kiritiladi? |
Agar narx soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan summa davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan summadan 20 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ofertaning summasi va oʻzi tomonidan taklif etilgan summaning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. |
|
|
12 |
“Milliy doʻkon” nima? |
Davlat buyurtmachilari elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirishi mumkin. |
|
|
13 |
Davlat buyurtmachisi qanday hollarda davlat xaridini bekor kilishi mumkin?
|
Davlat buyurtmachisi gʻolib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. |
|
|
14 |
Hadli kelishuv qancha muddatga tuzishi mumkin? |
Davlat buyurtmachisi eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari boʻyicha aniqlanadigan bir nechta gʻolib bilan bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkin. |
|
|
15 |
Markazlashgan xarid organi nima ? |
Davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish maqsadida bir nechta davlat buyurtmachisi ayni bir turdagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) markazlashgan xaridini markazlashgan xarid organi orqali amalga oshirishi mumkin. |
|
|
16 |
Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirishda gʻolib qanday aniqlanadi? |
Gʻolib davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilmagan holda, ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarni solishtirish yoʻli bilan yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida uchta potensial yetkazib beruvchilaridan narxlarni soʻrash yoʻli bilan davlat buyurtmachisi tomonidan aniqlanadi. |
|
|
17 |
2025-yil 1-apreldan boshlab Yagona yetkazib beruvchilar reestrini yuritish boʻyicha qanday oʻzgarishlar amalga oshirishldi?
|
2025-yil 1-apreldan boshlab, yuridik va jismoniy shaxslar Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritish uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali qabul qilishlari kerak.
|
|
|
18 |
Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritish boʻyicha ariza qanday jamoatchilik muhokamasiga oʻtkaziladi?
|
Ariza davlat xaridlari maxsus axborot portalida ochiq eʼlon qilinadi va jamoatchilik vakillari ariza boʻyicha fikr va eʼtirozlarini qoldirishlari mumkin.
|
|
|
19 |
Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqish muddati qancha?
|
Ariza vakolatli organ tomonidan oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Baʼzi hollarda, ariza koʻrib chiqish muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.
|
|
|
20 |
Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritish haqidagi ariza qanday huquqiy tuzilmalardan xulosa olishga majbur?
|
Ariza Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK kabi organlardan xulosa olishni talab qiladi.
|
|
|
21 |
Davlat xizmatlari markazi Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritish haqidagi arizani qanday tarzda qabul qiladi?
|
Davlat xizmatlari markazi arizani oʻzi kelib murojaat etgan talabgor nomidan qabul qilib, YAIDXP orqali arizani yuborishni taʼminlaydi.
|
|
|
22 |
Auksionda qanday tovar (ish va xizmat)lar xaridi amalga oshiriladi?
|
Xizmatlar va ishlarning davlat xaridi auksion obyekti boʻla olmaydi. |
|
|
23 |
Auksion qanday tartibda oʻtkaziladi?
|
Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlangʻich narxni qadam-baqadam pasaytirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. |
|
|
24 |
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarni aniqlash qanday hujjat asosida amalga oshiriladi?
|
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 712-son qaroriga asosan amalga oshiriladi. |
|
|
25 |
Davlat xaridlari qaysi qonun asosida amalga oshiriladi? |
"Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi. |
|
|
26 |
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari qaysilar? |
kasbiy mahorat va masʼuliyatlilik, asoslanganlik, moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi, ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, mutanosiblik va barqarorlik |
|
|
27 |
Davlat buyurtmachisi kim? |
davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs |
|
|
28 |
Xarid komissiyasi haqida tushuncha bering? |
xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish chogʻida davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantiriladigan, ushbu tartib-taomillarni oʻtkazish tartibida shakllantirilishi talab etiladigan kollegial organ. |
|
|
29 |
Davlat xaridlari jarayoni bosqichlari qaysilar?
|
davlat xaridlarini rejalashtirish; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish; shartnomani tuzish va bajarish; davlat xaridlari monitoringi. |
|
|
30 |
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlarini sanab bering?
|
elektron doʻkon; kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili; boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion; eng yaxshi takliflarni tanlash; tender; ikki bosqichli davlat xaridlari; toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari; |
|
|
31 |
Xarid qiluvchi tashkilot qanday hujjatlar tayyorlaydi? |
Xarid hujjati, tyexnik topshiriq, eʼlonlar, shartnoma loyihasi. |
|
|
32 |
Davlat xaridida korrupsiyani oldini olish qanday taʼminlanadi? |
Ochiqlik, raqobat, jamoatchilik va maxsus nazorat organlari orqali. |
|
|
33 |
Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga qanday ijrochilar kiritiladi?
|
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda boʻyin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari gʻoliblari toʻgʻrisidagi; majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno; davlat xaridlari jarayonida yolgʻon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi; sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. |
|
|
34 |
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya faoliyati nimalardan iborat? |
Davlat buyurtmachining, xarid komissiyasining, uning aʼzolarining, Operatorning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan, shuningdek, bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotganlgi yuzasidan kelib tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish va ularga vakolati doirasida tegishli choralar koʻrishdan iborat. |
|
|
35 |
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tarkibi kimlardan iborat boʻladi? |
Tyegishli davlat organlari, Operatorlar va jamoatchilik vakillaridan iborat boʻladi. |
|
|
36
|
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tarkibi kim tomonidan tasdiqlanadi? |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi |
|
|
37 |
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya shikoyatni qabul qilib olganda xarid qilish tartib-taomilini qancha muddatga toʻxtatib turadi? |
oʻn ish kunigacha boʻlgan umumiy muddatga |
|
|
38 |
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan qanday murojaatlar koʻrib chiqilmaydi? |
Davlat xaridlari natijasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish doirasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni tartibga solish masalalari qayd etilgan murojaatlar va anonim murojaatlar |
|
|
39 |
Insofsiz ijrochilarning yagona reestrini shakllantirish tartibi qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi? |
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-yanvardagi 3599-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Insofsiz ijrochilarning yagona reestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom
|
|
|
40 |
Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ijrochi qancha muddat davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin emas? |
ikki yil davomida |
|
|
41 |
Davlat xaridlari sohasida insofsiz ijrochi deganda kimlar tushiniladi? |
Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi yoki gʻolibi yoxud davlat xaridlarining ijrochisi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs |
|
|
42 |
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga kimlar shikoyat qilishi mumkin? |
Xarid qilish tartib-taomillarining har bir ishtirokchisi, shuningdek, nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar (jamoatchilik vakillari) |
|
|
43 |
Xarid komissiyasi kimlardan iborat boʻladi?
|
Buyurtmachi tashkilot xodimlari va mustaqil ekspertlardan. |
|
|
44 |
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi kimlar?
|
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslar.
|
|
|
45 |
Davlat xaridlarining ijrochisi kim? |
Davlat xaridlarining ijrochisi xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan va oʻzi bilan davlat xaridlari toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan ishtirokchi. |
|
|
46 |
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori haqida tushuntirish bering? |
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga asosan davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxs.
|
|
|
47 |
Davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar qaysi normativ-hujjatga asosan tartibga solinadi?
|
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonuniga hamda qaonunosti hajjatlariga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.
|
|
|
Davlat xaridlari sohasidagi huquqiy munosabatlar qanday huquqiy asoslarga tayanadi? |
|||
|
48 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi qanday?
|
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 71-moddasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi belgilangan.
|
|
|
Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xarid qanday amalga oshiriladi? |
|||
|
49 |
Xarid komissiyasi va uning vazifalari nimalardan iborat?
|
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 20-moddasiga koʻra, xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish chogʻida davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantiriladigan, ushbu tartib-taomillarni oʻtkazish tartibida shakllantirilishi talab etiladigan kollegial organdir. Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi: xarid qilish hujjatlarini kelishadi; takliflar qabul qilish muddatlarini belgilaydi; takliflarni ochish tartib-taomillarini belgilaydi; takliflarni baholash mezonlarini va usullarini belgilaydi; zarur boʻlganda taklif kiritish tartibini, hajmini va uni taʼminlash shaklini belgilaydi; xarid qilish tartib-taomili ishtirokchilarining takliflarini ochishni amalga oshiradi; dastlabki malaka tanlovini oʻtkazadi, agar xarid qilish hujjatlari shartlarida bu nazarda tutilgan boʻlsa; zarur boʻlganda dastlabki malaka tanlovi natijalarini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi; zarur boʻlganda baholash guruhini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; xarid qilish tartib-taomillarini ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiradi; xarid qilish tartib-taomillarining raqobatlashuv turlari gʻolibini va zarur boʻlganda zaxiradagi gʻolibni belgilaydi yoki savdoni amalga oshmagan deb topadi. |
|
|
Xarid komissiyasi nima va uning vazifalari nimalardan iborat? |
|||
|
50 |
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari toʻgʻrisida maʼlumot bering?
|
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 30-moddasiga koʻra, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
|
|
|
Davlat xaridlarini amalga oshirish turlari qanday? |
|||
|
51 |
Davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini qaysi davlat organlari amalga oshiradi?
|
Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi. |
|
|
Qanday organlar davlat xaridlari sohasida nazoratni amalga oshiradi? |
|||
|
52 |
Davlat buyurtmachisi kim? |
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 19-moddasida belgilangan byudjet va korporativ buyurtmachilar. |
|
|
Davlat buyurtmachisi kim hisoblanadi? |
|||
|
53 |
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari qaysilar? |
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: kasbiy mahorat va masʼuliyatlilik; asoslanganlik; moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi ochiqlik va shaffoflik; raqobat va xolislik; mutanosiblik; barqarorlik; davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik. |
|
|
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari nimalar? |
|||
|
54 |
Davlat xaridlari jarayoni qaysi bosqichlarni oʻz ichiga oladi? |
Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: davlat xaridlarini rejalashtirish; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish; shartnomani tuzish va bajarish; davlat xaridlari monitoringi. |
|
|
Davlat xaridlari qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? |
|||
|
55 |
Davlat xaridlari jarayonida shaffoflik qanday taʼminlanadi? |
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 9-moddasiga muvofiq shaffoflik maxsus axborot portali orqali maʼlumotlarni joylashtirish, xarid hujjatlarini ochiq taqdim etish va elektron formatda xarid oʻtkazish orqali taʼminlanadi. |
|
|
Shaffoflik qanday taʼminlanadi? |
|||
|
56 |
Elektron davlat xaridi nima? |
Elektron davlat xaridi bu davlat xaridlari jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshirish shakli boʻlib, bu maxsus axborot portali orqali oʻtkaziladi (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 4-moddasi). |
|
|
Elektron davlat xaridi deganda nima tushuniladi? |
|||
|
57 |
Xarid qilishda “zaxiradagi gʻolib” tushunchasi nima? |
Zaxiradagi gʻolib – asosiy gʻolib bilan shartnoma tuzilmagan holda, takliflar ichida eng maqbul deb topilgan ikkinchi ishtirokchi hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 4-moddasi). |
|
|
“Zaxiradagi gʻolib” degani nima? |
|||
|
58 |
Kichik qiymatli xarid qanday amalga oshiriladi? |
Kichik qiymatdagi xarid qilish tartib-taomili kamidan 3 ta potensial yetkazib beruvchidan taklif soʻrash yoki ochiq maʼlumotlar bazasidan narxlarni solishtirish orqali amalga oshiriladi (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 4-moddasi). |
|
|
Kichik qiymatli xarid deganda nima tushuniladi? |
|||
|
59 |
“Baholash mezonlari” tushunchasi nimani anglatadi? |
Baholash mezonlari bu xarid ishtirokchilari takliflarini solishtirish va eng maqbul taklifni aniqlash uchun belgilangan parametrlar (masalan, narx, muddat, sifat va h.k.). |
|
|
“Baholash mezonlari” nima? |
|||
|
60 |
Manfaatlar toʻqnashuvi nima va uning oldi qanday olinadi? |
Manfaatlar toʻqnashuvi – shaxsiy manfaat davlat xaridlari ishtirokchilariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holat. Bunday holda xodimlar xarid jarayonidan chetlatilishi kerak (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 14-moddasi). |
|
|
Manfaatlar toʻqnashuvi nima va qanday bartaraf etiladi? |
|||
|
61 |
Davlat xaridlari boʻyicha shartnomalarning yagona reestri nima? |
Davlat xaridlari boʻyicha shartnomalarning yagona reestri bu maxsus axborot portalida yuritiladigan davlat xaridlari shartnomalari roʻyxati boʻlib, u shaffoflik va nazoratni taʼminlaydi (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 4-moddasi). |
|
|
Shartnomalarning yagona reestri nima? |
|||
|
62 |
“Elektron doʻkon” orqali xaridlar qay tarzda amalga oshiriladi? |
Maxsus talablar qoʻyilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni elektron maydondagi savdolar orqali xarid qilish usulidir (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 4-moddasi). |
|
|
Elektron doʻkon qanday ishlaydi? |
|||
|
63 |
Davlat xaridlarida “ikki bosqichli xarid” qay hollarda qoʻllaniladi? |
Texnik jihatdan murakkab va katta qiymatli xaridlarda, dastlab takliflarni baholab, keyingisiga saralab olingan ishtirokchilarni jalb etish tarzida amalga oshiriladi (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 4-moddasi). |
|
|
Ikki bosqichli xarid qay holda qoʻllaniladi? |
|||
|
64 |
Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olishning qanday mexanizmlari mavjud? |
Shaffoflik, teng imkoniyat, elektron portal, manfaatlar toʻqnashuvini cheklash, ichki va tashqi nazorat hamda jamoatchilik monitoringi orqali (Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining 13-moddasi). |
|
|
Korrupsiyaga qarshi qanday choralar mavjud? |
|||
|
65 |
Davlat xaridlari sohasida ichki nazoratni kim amalga oshiradi? |
Ichki nazorat davlat buyurtmachisining ichki audit xizmati, moliya boʻlimi va boshqa masʼul tuzilmalari tomonidan xarid jarayonlarining qonunga muvofiqligini tekshirish orqali amalga oshiriladi. |
|
|
Ichki nazorat kim tomonidan amalga oshiriladi? |
|||
|
66 |
Davlat xaridlari shartnomasi qanday holatlarda bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi? |
Shartnoma faqat ikki tomonning kelishuvi, sud qarorlari yoki Qonunda belgilangan hollarda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. |
|
|
Shartnoma qanday hollarda bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi? |
|||
|
67 |
Davlat xaridlari markaziy axborot portali?
|
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot elektron shaklda yuritilishini, shu jumladan, maxsus axborot portali operatorining (keyingi oʻrinlarda — operator) axborot tizimlari bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvi orqali davlat xaridlarining reja-jadvallari, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari toʻgʻrisidagi axborot, davlat xaridlari boʻyicha statistik axborot va boshqa maʼlumotlarni oʻzining maʼlumotlar bazasida jamlanishini va ulardan barcha jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini taʼminlovchi maxsus elektron platformasi.
|
|
|
68 |
Tender vositasidagi davlat xaridini oʻtkazishda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha qanday miqdorni tashkil etishi lozim? |
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (byudjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdorni tashkil etadi. |
|
|
69 |
Yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun qachon qabul qilingan ?
|
2021-yil 22-aprel
|
|
|
70
|
Davlat xaridini tender oʻtkazish orqali amalga oshirish uchun xarid komissiyasi kamida nechi nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi? |
Davlat xaridini tender oʻtkazish orqali amalga oshirish uchun kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. |
|
|
71 |
Tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon qanday holatda joylashtirilishiga ruxsat etiladi? |
Tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon faqat tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yuzasidan Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin joylashtiriladi. |
|
|
72 |
Davlat xaridlari sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar qaysi? |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi. |
|
|
73 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portaliga necha kunda joylashtiriladi ?
|
3 ish kuni
|
|
|
74 |
Davlat xaridlarining subyektlari -...
|
Davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot va ekspert, ekspert tashkiloti
|
|
|
75 |
Eng yaxshi takliflarni tanlash?
|
Xarid qilish tartib-taomillarining bir nechta ishtirokchisidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli
|
|
|
76 |
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion- ...
|
Xarid qilish tartib-taomillarining bir nechta ishtirokchisidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli
|
|
|
77 |
Byudjet buyurtmachilariga kimlar kiradi?
|
Davlat organlari va muassasalari, byudjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan byudjet mablagʻlarini oluvchilar ,davlat maqsadli jamgʻarmalari, byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar |
|
|
78 |
Davlat xaridini tanlash orqali amalga oshirishda xarid komissiyasi necha kishidan iborat tarkibda tuziladi? |
Davlat xaridini tanlash orqali amalga oshirish uchun davlat buyurtmachisining xodimlari orasidan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. |
|
|
79 |
Auksionda ishtirok etish mezonlari qanday?
|
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion (bundan buyon matnda auksion deb yuritiladi) vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: tovarning standart xususiyatlarga ega boʻlishi; tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zarurati mavjud emasligi; tovarning qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (byudjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) boʻlgan miqdorini tashkil etishi kerak. Xizmatlar va ishlarning davlat xaridi auksion obyekti boʻla olmaydi. |
|
|
80 |
Eng yaxshi takliflarni tanlash vositasidagi davlat xaridida tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bir shartnoma qanday miqdorni tashkil etishi lozim? |
Eng yaxshi takliflarni tanlash vositasidagi davlat xaridida tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (byudjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) boʻlgan miqdorni tashkil etadi. |
|
|
81 |
Xarid qilish tartib-taomili natijasi boʻyicha tuzilgan shartnomaga qoʻshimcha kelishuv qanday hollarda tuzilishi mumkin? |
Xarid qilish tartib-taomili natijasi boʻyicha tuzilgan shartnomaga qoʻshimcha kelishuv uning muhim shartlarini, xususan tovar (ish, xizmat), uning sifati va assortimentini oʻzgartirish, miqdorini va bahosini oshirish hamda yetkazib berish muddatini uzaytirish tarzida oʻzgartirmasa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilishi mumkin. |
|
|
82 |
Davlat xaridlarining reja-jadvali qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak?
|
Xarid predmeti, xarid predmetining miqdori va narxi, xarid oʻtkaziladigan oy, davlat buyurtmachisining nomi va manzili, xarid predmetini moliyalashtirish manbalari va muddatlari, tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish joyi (manzili)ni.
|
|
|
83 |
Davlat xaridlarining subyektlari kimlar?
|
Davlat buyurtmachilari, Xarid komissiyasi, Ixtisoslashgan tashkilot, Ekspert, ekspert tashkiloti, Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, Davlat xaridlari elektron tizimining operatori
|
|
|
84 |
Operator tomonidan davlat buyurtmachisi va ishtirokchilardan undiriladigan vositachilik yigʻimi miqdori kim tomonidan belgilanadi?
|
Davlat xaridlar sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadi va barcha operatorlar uchun yagona hisoblanadi
|
|
|
85 |
Benefitsiar mulkdor kim? |
Pirovardida mulk huquqlariga egalik qiladigan yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs. |
|
|
Benefitsiar mulkdor deganda kimlar tushuniladi? |
|||
|
86 |
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion nima? |
Davlat xaridlari elektron tizimining maxsus platformasida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli |
|
|
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion qanday xarid turi? |
|||
|
87 |
Davlat buyurtmachisi kim? |
Davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs. |
|
|
Davlat buyurtmachisi deganda kimlar tushuniladi? |
|||
|
88 |
Davlat xaridlari nima? |
Davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini pulli asosda taʼminlash jarayoni. |
|
|
Davlat xaridlari deganda nima tushuniladi? |
|||
|
89 |
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma nima? |
Davlat buyurtmachisi va davlat xaridlarining ijrochisi oʻrtasidagi davlat xaridlari boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuv. |
|
|
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma qanday sharnoma? |
|||
|
90 |
Davlat xaridlarining subyektlari kimlar? |
Davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot va ekspert, ekspert tashkiloti. |
|
|
Davlat xaridlarining subyektlari deganda kimlar tushuniladi? |
|||
|
91 |
Dastlabki malaka tanlovi nima? |
Xarid qilish hujjatlarida belgilangan texnik, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa oʻziga xos xususiyatlarga muvofiq boʻlgan xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishga qoʻyiladigan malakali xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarini tanlab olishning xarid komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tartib-taomili. |
|
|
Dastlabki malaka tanlovi deganda nima tushuniladi? |
|||
|
92 |
Zaxiradagi gʻolibi kim? |
Xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha xarid komissiyasining qaroriga muvofiq gʻolibning taklifidan keyingi eng maqbul taklifni taqdim etgan deb topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi. |
|
|
Zaxiradagi gʻolibi deganda kimlar tushuniladi? |
|||
|
93 |
Ikki bosqichli davlat xaridlari nima? |
Texnik jihatdan murakkab boʻlgan muayyan qiymatli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bir shartnoma boʻyicha ikki oʻzaro bogʻliq bosqichda oʻtkaziladigan davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli. |
|
|
Ikki bosqichli davlat xaridlari qanday xarid turi?. |
|||
|
94 |
Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili nima? |
Davlat xaridlarini xarid qilish tartib-taomillarining ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarni solishtirish yoʻli bilan yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida uchta potensial yetkazib beruvchisidan narxlarni soʻrash orqali amalga oshirishning raqobatli usuli. |
|
|
Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili qanday usul? |
|||
|
95 |
Tender nima? |
Davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida davlat xaridlarining ijrochisini aniqlash tartib-taomilini nazarda tutuvchi tanlov boʻlib, uning natijalariga koʻra davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif etgan xarid qilish tartib-taomillarining ishtirokchisi gʻolib deb topiladi. |
|
|
Tender qanday xarid turi? |
|||
|
96 |
Xarid qilish tartib-taomili nima? |
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlar majmui. |
|
|
Xarid qilish tartib-taomili qanday jarayon? |
|||
|
97 |
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi kim? |
Qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlgan va (yoki) xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilishga taʼsir koʻrsatadigan, shu jumladan yozma kelishuv asosida taʼsir koʻrsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisiga nisbatan shunday huquqqa ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. |
|
|
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi deganda kimlar tushuniladi? |
|||
|
98 |
Shartnomalarning yagona reestri nima? |
Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan, davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarning reestri. |
|
|
Shartnomalarning yagona reestri deganda nima tushuniladi? |
|||
|
99 |
Elektron davlat xaridlari nima? |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlarini amalga oshirish shakli. |
|
|
Elektron davlat xaridlari deganda nima tushuniladi? |
|||
|
100 |
Elektron doʻkon nima? |
Davlat xaridlarining elektron tizimidagi maxsus maydonda savdolarni elektron shaklda amalga oshirishni nazarda tutuvchi, maxsus talablar qoʻyilmaydigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli. |
|
|
Elektron doʻkon deganda nima tushuniladi? |
|||
|
101 |
Eng yaxshi takliflarni tanlash nima? |
Xarid qilish tartib-taomillarining bir nechta ishtirokchisidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli. |
|
|
Eng yaxshi takliflarni tanlash qanday xarid turi? |
|||
|
102 |
Eʼlon nima? |
Davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi koʻrsatilgan, maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladigan boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot. |
|
|
Eʼlon deganda nima tushuniladi? |
|||
|
103 |
Gʻolib kim? |
Xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga koʻra taklifi eng maqbul deb topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi. |
|
|
Gʻolib deganda kim tushuniladi? |
|||
