🏛️ Agentlikning 9 oylik faoliyati yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
2026-11-21 10:15:00 / Majlislar

➡️ Yig‘ilish davomida hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, Prezident hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, import qilinayotgan mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, raqamli platformalarni rivojlantirish, tadbirkorlar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbarining qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuvi, elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan muloqoti, yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqoti, tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot hamda hududlarga tashriflari davomida Agentlik oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu topshiriqlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar atroflicha tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
✅ Yig‘ilish yakunida joriy yilni yuqori natijalar bilan yakunlash, o‘zimizda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turini va hajmini ko‘paytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, davlat xaridlarida ochiqlik va samaradorlikni oshirish hamda hududlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.



