O‘zbekiston va O'mon o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
2026-11-15 10:35:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri hamda O'mon Sultonligining savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri hamraislik qildi.
Muzokaralarda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori ham qatnashdi.
✔️ Yig‘ilishda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston–O'mon investitsiya kompaniyasi faoliyatini rivojlantirish, energetika, sanoat, geologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish, O‘zbekiston mahsulotlarini yangi bozorlarga olib chiqish, Ummon portlarining logistika imkoniyatlaridan foydalanish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish hamda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi hamda hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishildi.
Mazkur muzokaralar O‘zbekiston va O'mon o‘rtasidagi sanoat hamkorligini kengaytirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mahalliy korxonalarning xalqaro ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlaridagi ishtirokini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qilishga xizmat qildi.



