🏛 Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-24 11:30:00 / Yangiliklar
Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida davlat xaridlari hamda “O‘zbekekspertiza” AJ faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda onlayn va oflayn formatda 50 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Muloqot davomida davlat xaridlarida ishtirok etish, elektron xarid tizimlaridan foydalanish, mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar sertifikatini rasmiylashtirish hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.
Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📌Eslatib o‘tamiz: Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar har hafta shanba kuni o‘tkaziladi. Tadbirkorlar o‘z savol, muammo va takliflari bilan bevosita murojaat qilib, mas’ul mutaxassislardan tushuntirish olishlari mumkin.



