Koreya Respublikasi bilan davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi
2026-08-28 10:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Koreya Respublikasining davlat xaridlari va raqamlashtirish sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, xususan, KONEPS elektron davlat xaridlari tizimi tajribasidan foydalanish, shuningdek, KOICA bilan grant va texnik ko‘mak yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, innovatsion ishlanmalarni sanoatga integratsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning texnologik salohiyatini oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida Agentlik delegatsiyasining 2026-yil 28–30-sentyabr kunlari Koreya Respublikasiga rejalashtirilgan tashrifini samarali tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Tashrif doirasida Koreyaning davlat xaridlari, sanoat, innovatsiyalar va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi yetakchi tashkilotlari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar davlat xaridlarini raqamlashtirish, sanoat kooperatsiyasi, texnologiyalar transferi va institutsional salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.





