Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Agentlik xodimlari taqdirlandi
2026-08-27 10:05:00 / Yangiliklar

Tadbirda Agentlik rahbariyati, markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov jamoani mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, bugungi islohotlar jarayonida Agentlik oldida turgan muhim vazifalar, ularni amalga oshirishda jamoaning mas’uliyati va har bir xodimning munosib hissasiga alohida to‘xtaldi.
🏅 Tadbir doirasida bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, xizmat vazifalarini mas’uliyat va professional mahorat bilan bajarib kelayotgani, tashabbuskorligi hamda Agentlik faoliyati samaradorligiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun markaziy apparat va tizim tashkilotlarining bir guruh xodimlari Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida jamoa a’zolariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat, oilaviy farovonlik va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ishlarida yangi natijalar tilandi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!









