➡️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori rahbarligida kollegial yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2026-07-31 11:50:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida Agentlikning 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, Prezident hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliylashtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, raqamli platformalarni rivojlantirish, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar batafsil muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida har bir yo‘nalish kesimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️ Yig‘ilish yakunida Agentlikning 2026-yil ikkinchi yarim yilligi uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, davlat xaridlarida ochiqlik va samaradorlikni oshirish, hududlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
✍️ Ta’kidlanganidek, belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosi Agentlik faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.





