Amudaryoda – navbatdagi ochiq muloqot
2026-07-08 10:10:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqotda Agentlik rahbariyati, "Raqamli transformatsiya markazi" MChJ, "O‘zbekekspertiza" AJ, Agentlikning hududiy loyiha ofisi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
📊 Tadbirda 45 ta korxonadan 47 nafar vakil bevosita qatnashdi. Shuningdek, respublikaning 8 ta hududiy studiyasi orqali 83 nafar ishtirokchi onlayn tarzda muloqotga ulandi. Umumiy hisobda ochiq muloqot 130 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.
🔊 Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuvda jami 7 ta muammo va taklif ko‘rib chiqildi. Shundan 3 ta murojaat joyida hal etildi, qolgan 4 ta masala esa batafsil ko‘rib chiqish va amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.
Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlarini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni amaliy hal etish, davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ishlab chiqaruvchilarni yangi imkoniyatlarga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.



