✔️ Farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uchun yangi imkoniyatlar
2026-06-17 10:15:00 / Yangiliklar
PF-35-son Farmoni bilan farmatsevtika tarmog‘ida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish hamda mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etildi.

2026-yil uchun asosiy maqsadlar:
🎚 8,5 trln so‘mlik ishlab chiqarish hajmiga erishish
🎚 mlrd dollarlik investitsiya portfelini shakllantirish
🎚 800 mln dollarlik yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish
🎚 350 turdagi yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish
🎚 300 mln dollarlik eksport hajmiga erishish
Farmon tadbirkorlarga qanday imkoniyatlar yaratadi?
✅ Xorijdan olib kirilayotgan texnologiyalar transferi va ilmiy tadqiqot xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi;
✅ Yangi farmatsevtika loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalar 3 yil muddatga yer, foyda va mol-mulk soliqlaridan ozod etiladi;
✅Yuqori texnologiyali dori vositalarini ishlab chiqarish loyihalari uchun kredit foiz xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi;
✅ Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun davlat xaridlari tizimida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytiriladi;
✅ Elektron kooperatsiya portali va ishlab chiqaruvchilar ekotizimi orqali mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish imkoniyati yaratiladi.
🤝 Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, davlat xaridlarida ishtirokini oshirish va yangi bozorlarni egallashiga xizmat qilish bugungi kundagi davr talabi. Ushbu soha esa Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
📈 Infografikada PF-35 Farmonining eng muhim yo‘nalishlari va yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishing.
