Ernst & Young bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
2026-06-18 14:45:00 / Yangiliklar
🌐 Toshkent shahrida o‘tayotgan V Xalqaro investitsiya forumi doirasida 18-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati hamda Ernst & Young (EY) kompaniyasi vakillari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Agentlik va kompaniya hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihaning joriy holati hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi:
✔️ PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) tizimini joriy etish orqali loyihalarni samarali boshqarish;
✔️ mahalliylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
✔️ TCO (umumiy egalik qiymati) tamoyilini amaliyotga tatbiq etish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish;
✔️ ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish;
✔️ sanoat kooperatsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud hamkorlikni izchil davom ettirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.


