✍️ Agentlik Koreya lift sohasining yetakchi tashkilotlari bilan memorandum imzoladi
2026-06-18 09:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda lift sanoatini rivojlantirish, texnologiyalar transferi va malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishlari muhokama qilindi. Xususan, ixtisoslashtirilgan o'quv markazi tashkil etish, lift boshqaruv panellarini mahalliy yig'ish liniyasini yo'lga qo'yish, "Train the Trainer" dasturi hamda ikki mamlakat o'rtasida stajirovka va sertifikatlash dasturlarini amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
Nima uchun bu muhim?
O'zbekistonda liftlarga bo'lgan talab ishlab chiqarish sur'atidan tezroq o'smoqda. 2025-yilda bozorga 3 009 ta lift taklif etilgan bo'lsa-da, faqat yangi ko'p qavatli uy-joylarning o'zi uchun yillik ehtiyoj 5 000 tadan ortiq. Bu bo'shliq kelgusi yillarda yanada kengayishi kutilmoqda.
✅Uchrashuv yakunida ikki muhim hujjat imzolandi:
— Agentlik va Korea Elevator University o'rtasida hamkorlik memorandumi;
— Agentlik va Korea Elevator Safety Foundation o'rtasida hamkorlik memorandumi.
✔️Memorandumlar 3 yil muddatga tuzildi va lift sanoatida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, kadrlar tayyorlash hamda texnologiyalar transferini jadallashtirish bo'yicha hamkorlikning institutsional asosini belgilab berdi.



