McKinsey & Company bilan strategik uchrashuv
2026-06-17 14:10:00 / Yangiliklar
17 iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori B.Xaydarov dunyo miqyosidagi yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri– McKinsey & Company vakillari bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida tog'-kon sanoati sohasida strategik hamkorlik istiqbollari keng muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
✍️ tog'-kon sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
✍️ ilg'or xalqaro tajribalarni joriy etish;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish mexanizmlari;
✍️ yetkazib beruvchilarni rivojlantirish dasturi (Supplier Development Program);
✍️ mahalliy kontent ulushini aniqlash mexanizmlari;
✍️ texnologiyalar transferi va mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish.
💬 Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan investitsiya forumida ham agentlik rahbari McKinsey & Company vakillari bilan alohida uchrashib, hamkorlikning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr almashgan edi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar O'zbekiston tog'-kon sanoatining barqaror rivojlanishiga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga o'zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.


