📌 Samarqandda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-05-25 11:40:00 / Yangiliklar

Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
➡️ Muloqotda 55 ta korxonadan 70 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 140 nafar ishtirokchi jarayonga ulandi. Umumiy hisobda ochiq muloqot 200 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.
Uchrashuv davomida 10 ta korxona tomonidan 17 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 4 ta korxonaning 4 ta muammosi muloqot jarayonida hal etildi, 6 ta korxonadan kelib tushgan 8 ta muammo va 5 ta taklif esa tegishli ijrochilarga yo‘naltirildi.
Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.
➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi.



