📌Sirdaryo tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-05-21 11:30:00 / Yangiliklar
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.

✔️ 21-may kuni Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlar, 14 ta hududdan bittadan tuman tadbirkorlari (onlayn), mas’ul tashkilotlar hamda Agentlik vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida davlat xaridlari tizimi, sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan amaliy masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda respublika bo‘yicha jami 116 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 24 ta murojaat va taklif ko‘rib chiqildi hamda 8 ta masala joyida o‘z yechimini topdi.
Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.
➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi.



