➡️ Turin politexnika universitetida yoshlar loyihalari va innovatsion tashabbuslar muhokama qilindi
2026-05-21 11:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21-may kuni Turin politexnika universitetida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov universitet talabalari bilan uchrashdi.
Dastlab, universitetning Mexatronika markazi, Texnopark va Ilg‘or muhandislik markazlari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Agentlik rahbari talabalar tomonidan ishlab chiqilgan Photo Box, Drone Soccer, Skillwork, Body Tester, Yaxshi.link, DriveX hamda Global Traveler Commerce Platform loyihalari taqdimotini tingladi.
🎤 Loyihalarni keng ommalashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda yosh startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan qator taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, respublika yoshlari o‘rtasida reverse engineering va robototexnika yo‘nalishlarini keng targ‘ib qilish maqsadida universitet talabasi O‘runov Asadbek boshchiligidagi jamoa bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✔️ Bunday tashabbuslar yoshlarning innovatsion fikrlashi va muhandislik salohiyatini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



