📌 Xorazm viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi
2026-05-06 10:50:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida jami 8 ta sanoat obyekti faoliyati o‘rganildi.
Asosiy e’tibor ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.
Xususan:
– Qo‘shko‘pir tumanidagi “LED ULTRA ENERGY” va “MEGAELEKTRSAVDO” MChJlarda litiy-ion batareyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 2026-yilda 3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
– Xiva tumanidagi “New bless” MChJda avtomobillar uchun shtamplangan detallar ishlab chiqarilib, joriy yilda 2 million dona mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
– “UzXCMG” MChJda qurilish texnikalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2026-yilda 240 dona texnika ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
– Farmatsevtika yo‘nalishida “IMKONIYAT SAXOVAT” MChJ tomonidan infuzion eritmalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
– Qurilish materiallari yo‘nalishida “KHOREZM ORIENT CERAMIK” hamda “KHOREZM INSULATION GROUP” korxonalarida zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shuningdek, hududdagi IT Texnopark sanoat loyihalarini joylashtirish va ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishda muhim infratuzilmaviy platforma sifatida xizmat qilmoqda.
Tashrif davomida korxonalar faoliyatida uchrayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.


