Yoshlar kuni doirasida Toshkent transport texnikumida uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-30 12:00:00 / Press-relizlar

MATBUOT XABARI
Yoshlar kuni doirasida Toshkent transport texnikumida uchrashuv o‘tkazildi
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilib, ularning sifatli ta’lim olishi, kasb egallashi va bandligini ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Joriy yil 30-aprel kuni Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov Toshkent transport texnikumi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning tashabbus va takliflari tinglandi hamda muhokama qilindi. Xususan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Agentlik faoliyatida nafaqat oliy ta’lim muassasalari talabalari, balki o‘rta bo‘g‘in ta’lim tizimidagi yoshlarni ham qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliy faoliyatga yo‘naltirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
