📌 Yoshlar kuni doirasida Toshkent transport texnikumida uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-30 09:25:00 / Yangiliklar

✔️ Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Toshkent transport texnikumi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning tashabbus va takliflari muhokama qilindi. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️ Shu bilan birga, Agentlik faoliyatida nafaqat oliy ta’lim muassasalari talabalari, balki o‘rta bo‘g‘in ta’lim tizimidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliy faoliyatga yo‘naltirish masalalariga ham ustuvor ahamiyat berilayotgani ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.



