✔️ Xalqaro hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2026-04-27 09:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish, davlat xaridlari tizimini modernizatsiya qilish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro tajribani milliy tizimga moslashtirish orqali samarali va barqaror boshqaruv modelini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.
➡️ Muhokamalar markazida quyidagi yo‘nalishlar bo‘ldi:
✍️ sanoat kooperatsiyasi loyihalarini samarali boshqarish uchun PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) tizimini joriy etish hamda lokalizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash;
✍️ davlat xaridlarini TCO (umumiy egalik qiymati) tamoyili asosida transformatsiya qilish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish;
✍️ Agentlik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi zamonaviy raqamli boshqaruv infratuzilmasini yaratish;
✍️ sun’iy intellekt asosida bozor narxlarini monitoring qilish, shuningdek KPI ko‘rsatkichlarini tahlil etish uchun analitik tizimlarni joriy etish;
✍️ “Xaridlar maktabi”ni tashkil etish orqali mutaxassislar salohiyatini oshirish va tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Hamkorlik quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirilishi belgilandi:
✍️ xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish;
✍️ boshqaruv modellarini joylarda qo‘llash uchun sodda va samarali qilish;
✍️ transformatsiya jarayonlarida o‘zgarishlarni puxta boshqarish.
✔️ Uchrashuv yakunida tomonlar:
✍️ tezkor natijalarga erishish strategiyasi (Quick Wins) doirasida birinchi bosqich vazifalarini belgilash;
✍️ o‘zaro hamkorlik mexanizmlari va ishchi uchrashuvlar tartibini belgilash;
✍️ Agentlikning institutsional va raqamli modellarini ishlab chiqish muddatlarini aniqlashtirish bo‘yicha fikr almashdi.
Mazkur uchrashuv Agentlik faoliyatiga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish, tizimli islohotlarni jadallashtirish va samaradorlikni oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.



