Yoshlar kuni doirasida talabalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-23 10:50:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni doirasida talabalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlatimiz rahbari barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish, sportga keng jalb etish, ularning g‘oya, loyiha va startaplarini qo‘llab-quvvatlash, bandligi va daromadini ta’minlash borasida yanada faol ishlashi zarur ekanligi qayd etilgan edi.
🎤 Shu bilan birga, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Agentlik rahbari talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Har bir loyiha yuzasidan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ko‘mak berish masalalari belgilab olindi.
Shuningdek, institut talabalari uchun Agentlik huzuridagi “O‘zbekekspertiza” AJda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tadbir yakunida Agentlik va institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shundan so‘ng Agentlik direktori institutdagi o‘quv jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy amaliyot infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur hamkorlik yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda kelgusida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.



