✔️Хalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-04-21 10:30:00 / Yangiliklar

✔️Хalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Expertise France (Groupe AFD) vakillari — Farid Yaker hamda Maryna Moreau bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashish hamda "Yashil xaridlar" yo'nalishida ilg‘or xalqaro amaliyotlarni joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar 2026-yil uchun ustuvor vazifalar va hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olib, kelgusida qo‘shma loyihalarni kengaytirish, mutaxassislar malakasini oshirish dasturlarini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarida o‘zaro kelishuvlarga erishdilar.
Mazkur uchrashuv davlat xaridlari "Yashil xaridlar" tizimini yanada modernizatsiya qilish, tizimli islohotlarni izchil davom ettirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, sohada zamonaviy va samarali boshqaruv yondashuvlarini keng qo‘llashga xizmat qiladi.


