📌 Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-21 10:30:00 / Yangiliklar

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotlar izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 21-aprel kuni Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, viloyat g‘aznachilik boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, “UzTest” DUK Xorazm filiali va boshqa tegishli tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari, shuningdek, 48 dan ortiq ishlab chiqarish korxonasidan jami 55 nafar vakil ishtirok etdi. ✔️ Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 10 ta murojaat va taklif bildirildi. Ularning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 tasi yuzasidan esa zarur tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarning murojaat va savollariga batafsil javoblar taqdim etildi. ➡️ Ochiq muloqotlar hududlarda davom etadi.


