📌 Surxondaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-04-20 10:30:00 / Yangiliklar

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar doirasida navbatdagi uchrashuv Surxondaryo viloyatida o‘tkazilib, unda ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda tadbirkorlar faol ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, shuningdek, 46 ta ishlab chiqarish korxonasidan jami 52 nafar vakil qatnashdi.
➡️Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 15 ta murojaat va takliflar bildirildi. Ularning 3 tasi joyida hal etildi, 8 tasi yuzasidan esa zarur tushuntirishlar berildi. Qayd etish joizki, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli o‘rganish, ularni bartaraf etish va davlat hamda xususiy sektor o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
✔️Ochiq muloqotlar boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.


