Farg‘ona viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi
2026-04-09 17:00:00 / Yangiliklar

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Farg‘ona viloyatiga tashrifi buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari va istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Tashrif davomida sanoatni diversifikatsiya qilish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚫️ “SWISSAGRO” MChJ XK tomonidan insektitsidlar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda. 2025-yilda 30 mlrd so‘mlik 236 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan, 2026-yilda 34 mlrd so‘m va 250 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
⚫️ “THERMO TECH” MChJ tomonidan po‘lat shtamplangan panel radiatorlar ishlab chiqariladi. 2025-yilda 98 mlrd so‘mlik 23 ming dona mahsulot ishlab chiqarilgan, 2026-yilda 116 mlrd so‘m va 27,3 ming donaga chiqishi kutilmoqda.
⚫️ “DANG’ARA INDUSTRY” MChJ tomonidan ferrosillitsiy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, shuningdek ferrotitan va rutil konsentrati loyihalari amalga oshirilmoqda. 2025-yilda 2,8 mlrd so‘mlik 128 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan, 2026-yilda 3,4 mlrd so‘m va 50 tonnaga oshirish rejalashtirilgan.
⚫️ “TEXYGEN TEXTILE” MChJ tomonidan biologik parchalanadigan matolar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. 2026-yilda 48 mlrd so‘mlik 1,0 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
⚫️ “WOOLENTEX” MChJ tomonidan jun asosida ip va matolar ishlab chiqariladi. 2025-yilda 59,5 mlrd so‘mlik 1007 ming m² mahsulot ishlab chiqarilgan, 2026-yilda 65 mlrd so‘m va 1100 ming m²ga yetkazish belgilangan.
📌 Tashrif davomida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish orqali eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ulushini ko‘paytirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.





