Agentlik haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-fevraldagi "Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-17-sonli Farmoni bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etilgan.
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar:
sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida yagona boshqaruvni joriy etish orqali yaxlit va muvofiqlashtirilgan davlat siyosati yuritilishini yoʻlga qoʻyish;
mamlakatda yuqori texnologiyali va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish, oʻzlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlarni aniqlash;
tarmoq korxonalari tomonidan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarilishini oʻzlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining tashqi omillarga bogʻliqligini kamaytirish;
yirik korxonalarning ishlab chiqarish zanjirlariga kichik va oʻrta biznes subyektlarini keng jalb qilish;
mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;
mahalliy ishlab chiqarishning global yetkazib berish zanjirlariga integratsiyalashuvini taʼminlash;
ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash va xalqaro sifat standartlarini joriy etishga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarni oʻzlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlarida mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish.
