Buxoro viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi
2026-04-10 10:45:00 / Yangiliklar

Baxtiyor Xaydarov Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda istiqbolli investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida sanoatni diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Tashrif doirasida jami 8 ta sanoat obyekti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
“BUXARA REAL MOTO” MChJda tritsikl va kvadrosikllar ishlab chiqarish tashkil etilgan. 2026-yilda 60 mlrd so‘mlik 2,5 ming dona mahsulot ishlab chiqarish, 2027-yilda esa 65 mlrd so‘mga yetkazilib, 2,6 ming donaga chiqarish ko‘zda tutilgan.
“PETROCHEM BUKHARA” MChJ tomonidan gazoyil, motor moylari, benzin va dizel yoqilg‘isi kabi yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 2026-yilda 12 mlrd so‘mlik 1,1 ming tonna, 2027-yilda esa 13 mlrd so‘mlik 1,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“SULPHOTECH” MChJda azot, fosfor va kaliy komponentlari asosida kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 2026-yilda 18 mlrd so‘mlik 73 ming tonna, 2027-yilda esa 20 mlrd so‘mlik 75 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
“TEKHNOCHEM” MChJ QK tomonidan benzol fraksiyasi va aromatik uglevodorodlar aralashmasi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. 2026-yilda 194 mlrd so‘mlik 15 579 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 2027-yilda esa 387 mlrd so‘mga yetkazilib, 31 033 tonnaga chiqarish rejalashtirilgan.
“XIANGYANG GROUP” MChJ XK tomonidan sanoat qog‘ozi, gofrirovka qilingan qog‘oz va gofrakarton ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 2026-yilda 100 mlrd so‘mlik 10,4 ming tonna, 2027-yilda esa 110 mlrd so‘mlik 11,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish belgilangan.
“KOGON MARS PLYUS” MChJda neft-gaz sohasi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda. 2026-yilda 19 mlrd so‘mlik 1,1 ming tonna, 2027-yilda esa 21 mlrd so‘mlik 1,2 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“SILK ROAD INNOVATION GROUP” MChJ tomonidan innovatsion gidroizolyatsiya mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. 2026-yilda 11 mlrd so‘mlik 150 ming kv metr, 2027-yilda esa 12 mlrd so‘mlik 165 ming kv metr mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
“Buxoro sanoatini rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki hududda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirishda muhim infratuzilmaviy platforma sifatida xizmat qilmoqda. Mazkur sanoat parki doirasida zamonaviy ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish orqali hududning sanoat salohiyatini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
✔️ Tashrif yakunida ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish hamda eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ulushini ko‘paytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.








