“O‘zbekekspertiza” AJ faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-04-07 11:30:00 / Yangiliklar

“O‘zbekekspertiza” AJ faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Haydarov rahbarligida "O‘zbekekspertiza" aksiyadorlik jamiyatida ishchi yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda tashkilot rahbariyati, markaziy apparat xodimlari, hududiy sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari va filiallar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamiyatning joriy faoliyati, asosiy ko‘rsatkichlari hamda ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan batafsil axborot tinglandi. Shuningdek, tizim samaradorligini oshirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
➡️ Yig‘ilishda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
✍️ ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish;
✍️ sertifikatlash va ekspertiza tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish;
✍️ davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish;
✍️jarayonlarni raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish;
✍️ mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi zanjirlaridagi ishtirokini faol qo‘llab-quvvatlash.
✔️Yig‘ilish yakunida Agentlik direktori tomonidan jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini tizimli nazorat qilishni kuchaytirish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar belgilab berildi.



