Davlat xaridlari bo‘yicha NIFI bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-03 15:00:00 / Yangiliklar

📌2026-yil 3-aprel kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliyaviy tadqiqotlar instituti (NIFI) delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, NIFI tarafdan direktor vazifasini bajaruvchi Pokatovich Gleb Gennadiyevich va xaridlar sohasidagi mutaxassislar qatnashdi.
🎤 Muloqot davomida davlat xaridlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
✔️ Tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
- davlat xaridlari tizimini takomillashtirish;
-raqamli va tahliliy yechimlarni joriy etish;
- xarid jarayonlarining shaffofligini oshirish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish;
- “yashil” va barqaror xaridlarni rivojlantirish.
➡️ Shuningdek, xaridlarni raqamlashtirish, kontrakt boshqaruvi tizimini rivojlantirish, sunʼiy intellekt elementlarini joriy etish hamda lokalizatsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.
📌 Uchrashuv yakunida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
- pilot loyihalarni amalga oshirish;
- muntazam ekspertlik maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish;
- qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etish;
- ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish.
Mazkur hamkorlik davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, uning samaradorligi va ochiqligini oshirishga xizmat qiladi.



