Fransiya Taraqqiyot Agentligi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 13:35:00 / Yangiliklar

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Fransiya Taraqqiyot Agentligining O‘zbekiston Respublikasidagi loyiha jamoasi vakillari bilan ishchi uchrashuvi (onlayn) bo‘lib o‘tdi.
Unda Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov, agentlikning tegishli boshqarma boshliqlari hamda “Expertise France” tashkilotining O‘zbekistondagi vakili, Yashil iqtisodiyot bo‘yicha texnik ko‘maklar dasturi rahbari Marina Moreau, barqaror (yashil) davlat xaridlari bo‘yicha xalqaro ekspert Farid Yaker va Yashil iqtisodiyot texnik ko‘maklar dasturi rahbari o‘rinbosari O‘tkirjon Xolbadalov ishtirok etdi.
✅Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• O‘zbekistonda “yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash;
• Green Public Procurement (GPP) yo‘nalishida xalqaro ekspert taqdimoti;
• Green Economy Technical Assistance Program (GETAP) doirasida hamkorlik istiqbollari;
• Agentlikning 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari hamda yashil davlat xaridlari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish choralarini ko‘rib chiqish.
🌀Shuningdek, tomonlar o‘rtasida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi:
— konsultantlar jalb etishda ko‘maklashish;
— tajriba almashinuvi va maxsus seminar-treninglar tashkil etish;
— davlat xaridlari tizimi bo‘yicha kompleks tahlillar o‘tkazish;
— moliyaviy va amaliy texnik hamkorlikni rivojlantirish.
✍️ Bundan tashqari, elektron davlat xaridlari portali (e-procurement) orqali tenderlarni “yashil” mezonlar asosida tagging tizimini joriy etishda texnik yordam ko'rsatish, shuningdek yangi joriy etilayotgan “yashil” mahsulot va xizmatlar toifalari bo‘yicha mahalliy bozor tayyorgarligini o‘rganish masalalarida AFD hamda Expertise France ekspertlarini jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
✍️ Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik doirasidagi loyihalar ro‘yxatini shakllantirish, ustuvor loyihalarni belgilash hamda kelgusidagi ishchi uchrashuvlar jadvalini kelishib olish bo‘yicha fikr almashdilar.
