O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsion markazi vakillari bilan uchrashuv
2026-04-02 10:15:00 / Yangiliklar

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislari O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsion markazi vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalar ishlab chiqish mavzusida uchrashuv o‘tkazdilar.
🎤 Uchrashuv davomida yashil vodorod ishlab chiqarish hamda bir qator istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ilmiy markazlar bilan sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✔️Uchrashuv doirasida Agentlik vakillari markaz hududida joylashgan ilmiy-sinov laboratoriyasi faoliyati bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini sanoat tarmoqlariga keng joriy etish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etishga kelishib oldilar.
