Xotin-qizlar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2025-08-28 17:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollar faolligini oshirish, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish borasida fikr almashildi. Shuningdek, erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi teng huquqlilikni mustahkamlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tadbir davomida Qo‘mitada ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ish sharoitlarini yaxshilash va rahbarlik lavozimlaridagi faolligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar gender tengligi nafaqat inson huquqlarining ajralmas qismi, balki demokratik taraqqiyot, ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikning muhim ko‘rsatkichi ekanini ta’kidladilar.
Mazkur davra suhbati xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni yanada kengaytirish, jamiyatda adolat va hamkorlik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.




