O‘zbekiston koreys madaniy markazlari uyushmasi
2025-08-25 12:25:00 / Yangiliklar

Koreyslar bilan So‘g‘d davlati o‘rtasidagi aloqalar haqidagi ma’lumotlar Samarqanddagi qadimiy Afrosiyob devoriy suratlari aks etgan bo‘lib, unda chet davlatlar vakillari qatori koreyalik savdogarlar ham tasvirlangan. 1937-yilda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan koreyslar o‘zbeklar bilan uzoq yillar davomida yonma-yon yashab, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
1991-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston koreys madaniy markazlari uyushmasining Toshkent shahri va Toshkent, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 ta bo‘linmasi mavjud.
2017-yil 3-iyulda Toshkentdagi “Do‘stlik” bog‘ida joylashgan Seul bog‘ida o‘zbekistonlik koreyslar tomonidan tashakkur ramzi sifatida “O‘zbek xalqigasamimiyligi va mehribonligi uchun minnatdorchilik” xotira haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2018-yil 27-noyabrda Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va O‘zbekiston koreys madaniy markazlari uyushmasi tashabbusi bilan “Orolbo‘yi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalariva bu jarayonda koreys diasporasining o‘rni” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkazildi.
2019-yil 20-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In ishtirokida o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlikning yana bir yorqin namunasi va timsoli sifatida koreya madaniyati uyi ochildi.
2019-yili Koreya Respublikasi kinoakademiyasi kino suratga olishni o‘rganish istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik koreys yoshlari uchun qisqa muddatli rejissyorlik kurslarini ochdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning 12 ta oliy o‘quv yurtida va 48 ta maktab hamda litseyida koreys tili o‘qitiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan koreyslar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.ular qatoida Vera Pak (O‘zbekiston Qahramoni) va 2012-yildan ushbu uyushma raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, o‘zbekiston va Koreya Respublikalari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan Viktor Pak nomlarini keltirish mumkin.
Shungdek, 2019-yilda Mehnat qahramoni, sobiq “Politotdel” xo‘jaligining raisi Xvan Man Gim tavalludining 10 yilligi keng nishonlandi. Xvan Man Gim yashagan mahallaga uning nomi berildi.









