Bizning taqvim: 2025-yil 21-avgust
2025-08-21 09:25:00 / Yangiliklar

Yilning 233-kuni. Yil yakunlanishiga 132 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1996-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasida Mustaqillikning besh yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
2002-yil: O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibining qurolsizlanish masalalari bo'yicha o'rinbosarini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidentining "Toshkent viloyati qishloq xo'jaligini texnik jihozlashni yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Jahonda:
- "Xalqaro terrorizm qurbonlarini yod etish va xotirlash kuni";
- Marokashda "Yoshlar kuni, Podshoh tug'ilgan kun";
- Venetsiyada birinchi xalqaro kinofestival bo'lib o'tdi
(1932-yil).
