Namanganda 65-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtdi.
2026-05-23 14:45:00 / Yangiliklar

Mazkur festivalga tayyorgarlik doirasida “Jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Guinness World Records rekordini o‘rnatish yo‘lida shahar bo‘ylab 120 turdagi 150 milliondan ortiq gul ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.
Festival doirasida madaniy va ma’rifiy tadbirlar, teatr va sirk tomoshalari, gala konsertlar, modalar haftaligi, sanoat yarmarkasi va boshqa 150 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar rejalashtirilgan.


