“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
2026-05-19 19:00:00 / Yangiliklar

Turli millatlar uchun o‘zaro madaniy almashinuv maydoni sifatida xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshidagi milliy madaniy markazlar pavilyonida “Oʻzbekiston − umumiy uyimiz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy, musiqiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari, milliy qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Har bir chiqish tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.


