Milliy madaniy markazlar pavilyonida “Xidirlez” bayrami ko'tarinki ruhda nishonlandi
2026-05-12 16:00:00 / Yangiliklar

“Avdet” nomidagi Toshkent shahar qrimtatar milliy madaniy markazi tomonidan an'anaviy “Xidirlez” bayrami o'tkazildi.
Tadbirda Qo'mita mas'ullari, milliy madaniy markazlar faollari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Turli millatlarning musiqiy chiqishlari bayramga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.
Ma'lumot uchun: Xidirlez — qadimdan nishonlanib kelinayotgan bahoriy bayramlardan biri bo‘lib, tabiatning uyg‘onishi, mo‘l-ko‘llik, baraka va yangi hayot boshlanishini ifodalaydi.


