Abdulla Toʻqay tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-04-28 13:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur tadbirda adibning hayot yo‘li va ijodiy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Turli milliy madaniy markazlarning musiqiy chiqishlari yig'ilganlarga manzur bo'ldi.
Tadbirda Qoʻmita mas'ullari, milliy madaniy markazlar faollari, ziyolilar, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Mazkur tadbir adibning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.



