“Yoshlar kuni” doirasida ekskursiya tashkil etildi
2026-04-16 15:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ishlash, ular tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘mita tomonidan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.
Mazkur tashabbus doirasida Milliy madaniy markazlar pavilyonida Qo‘mita mas’ul xodimlari boshchiligida talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. Ishtirokchilar turli millat vakillarining madaniyati, urf-odatlari, milliy liboslari va atributlari bilan yaqindan tanishtirildi.



