Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda
2026-04-09 13:00:00 / Yangiliklar

Buyuk sarkarda va davlat arbobi, markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur tavalludi munosabati bilan poytaxtimizda uning muhtasham haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoʻmita rahbariyati, milliy madaniy markazlari raislari va faollari ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan haykal poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.



